Foto: Mprnews

Tramp birinchi ikki kunlik tashrifi bilan 24 fevral kuni Hindistonga tashrif buyuradi. U mamlakat poytaxti Nyu-Dehli va Ahmadobod shahriga tashrif buyuradi.

Amerika rahbari AQSh Hindiston bilan savdo bitimi tuzishi mumkinligini ta’kidladi, ammo u “yirik kelishuv” ishlab chiqishni keyinga surmoqda. “Bu saylovlar oldidan ro’y beradimi yoki yo’qmi bilmayman, ammo biz juda yaxshi kelishuvga erishamiz”, dedi Tramp Kaliforniyaga uchishdan oldin jurnalistlarga.