Foto: Google

Afgʻonistonda prezident saylovlari sentyabr oyida oʻtkazilgan edi. Oradan besh oy oʻtib uning yakuniy natijalari e’lon qilindi.

“Afgʻoniston mustaqil saylov komissiyasi Ashraf Gʻanini Afgʻonistondagi prezident saylovlari gʻolibi sifatida eʼlon qiladi”, deyiladi xabarda.

Yakuniy hisob kitoblarga koʻra, Ashraf Gʻani saylovchilarning 50,64 foizi olishga muvaffaq boʻlgan.

Uning asosiy raqibi hisoblangan bosh vazir Abdulloh Abdulloh 39,52 foiz ovoz bilan ikkinchi oʻrinda qayd etilgan.

Afgʻoniston Islom partiyasi raisi Gulbiddin Hikmatiyorga saylovchilarning 3,85 foizi ovoz bergan.