Foto: Regnum.ru

2020-2021 yillarda ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2020 yil dekabrga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Unda nazorat ostidagilar ma’muriy nazoratdan bo‘yin tovlash maqsadida yashash joyini o‘zboshimchalik bilan tark etgan hollarda ularning respublika hududidan chiqishini cheklashni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilish mo‘ljallanmoqda.

Mas’ul ijrochilar — Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura.

Shuningdek, tegishli oliy ta’lim muassasalarida psixologiya yo‘nalish bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning probatsiya bo‘linmalarida amaliyot o‘tashini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.