Foto: Alarabiya.net

Butunjahon moliya markazlaridan biri bo‘lgan davlatda koronavirus bilan bog‘liq 77 ta holat qayd etilgan.

Xitoy bilan yaqin aloqada bo‘lgan ochiq iqtisodiyotli Singapurda koronavirus ham turizm ham savdoga jiddiy xavf solmoqda.

Singapur moliya vaziri Heng Su Kit koronavirusga qarshi kurash uchun mamlakat byudjetidan 6,4 mlrd Singapur dollari (4,6 mlrd AQSh dollari) miqdorida moliyaviy paket ajratilishini ma’lum qildi. Vazir, shuningdek, ushbu mablag‘ virus tarqalishining oldini olishiga umid qilishini qo‘shimcha qildi.

“Virus tarqalishining davomiyligi va jiddiyligi hamda uning global iqtisodiyotga ta’siri haligacha noma’lum. Biz tayyor bo’lishimiz kerak … iqtisodiy ta’sir kutilganidan ham yomonroq bo’lishi mumkin.” — dedi u.

Ushbu mablag‘ virusdan eng ko‘p zarar ko‘radigan shirkatlar va oilalar, jumladan aviatsiya, turizm, chakana savdodagi firmalarga yordam puli sifatida beriladi.

Shuningdek, virusdan zarar ko‘rgan oilalarga oziq-ovqat vaucherlari va bir qismi pul sifatida yordam pullari beriladi.

800 million Singapur dollari miqdoridagi pul to‘g‘ridan to‘g‘ri virusga qarshi kurash uchun ajratilgan, deyiladi xabar so’ngida.