Foto: Yevrosport

“Men ketmoqchi edim. Dekabr oyi o‘rtalaridan yanvarning oxirigacha men ikki tomonga bo‘lingan edim. Ammo fevral kelishi bilan 100 foiz “Chelsi” haqida o‘ylay boshladim. Endi mavsum oxirigacha bor kuchimni berib harakat qilaman. Yana yangidan ish boshlash yoqimli.

Mening asosiy maqsadim – imkon qadar ko‘proq o‘ynash. Chunki, men Fransiya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida ishtirok etishni xohlayman”, – deydi Jiru.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Olive Jiru joriy mavsum “Chelsi” safida APLda bor yo‘g‘i 6 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.