Foto: Google

“Selta” klubi oʻyinchisi Jozef Aydu oyogʻi bilan “Real Madrid” bosh murabbiy Zidan yuziga zarba berdi. Bu holat uchrashuvning ikkinchi boʻlimida sodir boʻldi.

Uchrashuvning ikkinchi boʻlimida Jozef Aydu maydon chetidan oʻtib ketayotgan toʻpni egallab olishga harakat qilgan vaqtda raqiblarning bosh murabbiyiga zarba berdi.

Baxtli tasodif tufayli hech kim jarohat olmadi. Gana futbolchisi oʻyinga, Zidan esa jamoasini boshqarishga qaytdi.

Uchrashuv esa durang bilan 2:2 hisobda yakunlandi.