Foto: Sputnik

Banknotlarning bir qismi dezinfeksiyadan oʻtkazilib, 14 kunlik karantinga joylashtirladi. Guanchjou bankidagi markaziy bank boʻlimi bunday qarorga keldi.

Bu haqda Global Times gazetasi Xitoy hukumat saytiga asosan xabar qildi.

Epidemiyaga eng koʻp uchragan tumanlardagi shifoxona, bozor va jamoat transportidan olingan pullar yoʻq qilinadi. Yoʻq qilinadigan banknotalar miqdori haqida maʼlumot ochiqlanmagan.

Qolgan pullar ultrabinafsha nurlar yordamida dezinfeksiyadan oʻtkaziladi va ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.

Yoʻqotilgan pul birliklar oʻrnini toʻldirish uchun Xitoy markaziy banki yangi banknotalar ishlab chiqaradi. Xususan, yanvarda bank Uxanga yangi banknotalar shaklida 4 milliard yuan ajratdi, deyiladi xabarda.