Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda 200 o‘rinli zamonaviy yuqumli kasalliklar shifoxonasining qurilishi yakunlandi. Bu haqida “Kazinform” mamlakat Tezkor shtabiga tayanib xabar berdi. 

Foto: Skrinshot

Inshootni BI Group qurilish kompaniyasi rejalashtirdi. Buning uchun 500 ga yaqin quruvchi 3 smenada tunu-kun ishladi.

Obyekt 13 kun ichida qurib bitkazildi, deyiladi xabarda.