Foto: UPL

Oxirgi bir yillikda vafot etganlarning 60,3 % — yurak-qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 10,0 % — o‘simtalardan, 6,3 % — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,5 % — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,2 % — nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,4 % — yuqumli va parazitlar kasalliklardan hamda 12,3 % — boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Yurak-qon aylanish tizimi kasalliklariga infarkt, stenokardiya, miokardit, infeksion endokardit, tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsonlari kabi kasalliklar kiradi.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 7,4 ming nafarni tashkil etib, ularning 58,5 % — perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 18,7 % — nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 11,8 % — tug‘ma anomaliyalardan, 2,7 % — yuqumli va parazitlar kasalliklardan, 1,9 % — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,8 % — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 5,6 % — boshqa kasalliklardan vafot etgan.