Foto: Sports

“Tottenxem” klubi forvardi Son Xin Min APLning 26-turida “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.

Londonliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli koreyalik futbolchi shu kuni o‘ng qo‘lini sindirib olgan. Shu sabab u joriy hafta jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi.

The Athletic nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Son taxminan 6-8 hafta maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq klubning boshqa bir yetakchisi Xarri Keyn ham operatsiya qilingan edi. U taxminan aprelda safga qaytishi mumkin, deyiladi xabarda.