Foto: UzNews

Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi saytidagi maxsus sahifada ma’lumot berilgan.

O‘zbekiston aholisining 17 093 248 nafari erkaklar, 16 909 633 nafari esa ayollar tashkil qiladi.

2020 yil boshidan beri 127 387 kishi tug‘ildi, 29 193 kishi vafot etdi.

Respublikaga 23 617 kishi ko‘chib keldi, 24 729 kishi O‘zbekistonni tark etdi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o’rnida, O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 yanvar holatiga 33905,8 ming kishini tashkil etgandi.