Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, tuman Kengashining sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Unda Deputatlar Mamadaminov O‘lmasjon Yarmaxammatovich boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan Boyovut tumani hokimi lavozimidan ozod etildi va o‘rniga Uralova Dilfuza Jumanovna Boyovut tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini bir ovozdan tasdiqladilar.

Ma’lumot uchun: Uralova Dilfuza Jumanovna 2012 yilda — “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi hisoblanadi.

D.Uralova 2010-2015 yillar mobaynida — Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.

2015-2017 yillar mobaynida — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. 2017 yildan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Oilali, 4 nafar farzandi bor.