Foto: Google

Madridning “Real” klubi tarkibga yangi kelib qo‘shilgan yarim himoyachi Reynerni ertaga rasman ommaga tanishtirishini ma’lum qildi.

Ushbu tadbir bugun “Santyago Bernabeu”da Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi. Tadbir davomida 18 yoshli futbolchi “Real” libosida ommaga ko‘rinish beradi va jurnalistlar ishtirokidagi matbuot anjumanida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, “qirollik klubi” Reynerni yanvarda 30 mln yevro evaziga xarid qilgan edi. U mavsumni “Real Madrid Kastilya” jamoasida o‘tkazadi.