Pragada rassom, kino rejissyori va animator, “Tom va Jerri” ijodkorlaridan biri Jin Deych vafot etdi. Bu haqida “The Hollywood Reporter” xabar bermoqda.

Foto: Tert

O’lim sababi aniqlanmagan. Deych 95 yoshda edi.

Jin Deych “Tom va Jerri” multfilmlarining o’n uchta epizodini suratga olgan va shuningdek, “Papay” multfilmlarini ishlagan. Bundan tashqari, u “Munro” va “Nudnik” animatsion filmlarini, shuningdek “Tom Terrifik” multfilmini yaratgan. 1960-yilda chiqarilgan qisqa “Munro” “Oskar” mukofotiga sazovor bo’lgan.