Bugun AOKA shtabida Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov bilan brifing o‘tkazildi.

amiya chaqiruv harbiy xizmat
Foto: Google

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Bir oylik xizmatga pulini to‘lab qo‘yganlar nima qilishadi? Karantin qachongacha cho‘zilishi noma’lum bo‘lsa, biz pulimizni hozir qaytarib olsak bo‘ladimi?

Javob: Mamlakatimizda koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq holat yaxshi tomonga o‘zgargandan so‘ng harbiy xizmatga chaqiruv ishlari davom ettiriladi.

Bir oylik xizmatga, ya’ni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tash uchun pul badalini to‘lab qo‘yganlar fuqarolar 27 yoshga to‘lgunga qadar SChR bir oylik xizmat yig‘inini o‘tashlari mumkin.

Shuning uchun Siz karantin muddati tugagandan so‘ng albatta bir oylik xizmat yig‘iniga jalb qilinasiz, shuning uchun to‘lov qilgan pul badalingiz qaytarib berilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-sonli qaror bilan kiritilgan nizomga muvofiq bu xizmat turi uchun to‘langan pul badallari quyidagi holatlarda:

  • fuqaro harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganda;
  • tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan 27 yoshgacha I, II yoki III guruh nogironligi berilgan holatda;
  • safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi vafot etganda;
  • maxsus hisob raqamga yanglishib yoki ortiqcha pul badallari o‘tkazilgan holatda pul badallari belgilangan tartibda qaytarib berilishi belgilangan.