Foto: Sputnik

Yil boshidan viloyat hududida avtoradarlar orqali jami 40 mingdan ortiq holatda tezlikning meʼyoridan oshganligi aniqlangan.

Qayd etilishcha, Toshkent viloyatida tezlikni belgilangan meʼyoridan oshirish oqibatida sodir boʻlayotgan yoʻl transport hodisalarini oldini olish maqsadida  zamonaviy, onlayn rejimida ishlovchi avtomashinaga oʻrnatilgan radarlar faoliyat yuritmoqda.

Xususan, joriy yilning 1 yanvaridan hozirgi kunga qadar viloyat hududida jami 40120 holatda tezlikning meʼyoridan oshganligi avtoradarlar orqali aniqlangan.

Shuningdek, holat boʻyicha tegishli choralar koʻrilib, “Oʻzbekiston pochtasi”ning maʼlumotlarni qayta ishlash markazi orqali qoidabuzar haydovchilarning manziliga joʻnatilgani aytiladi xabarda.