Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Bu haqida Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda, erta tongdan viloyat hokimi, viloyat sektor rahbarlari hamda tashkilotlardan iborat tarkibda guruh tuzilib, hodisa sodir bo‘lgan xonadonga borildi. Shaxsan viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev halok bo‘lganlarning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qilib, hamdardligini bildirdi.

Viloyat hokimi marhumlarning dafn marosimlarida bosh-qosh bo‘lib, yong‘in sodir bo‘lgan uyni qisqa muddatda ta’mirlagan holda voqea sodir bo‘lgan vaqtda boshqa joyda bo‘lgan oilaning 18 yoshli qizi O.O‘.ga topshirilishini hamda uni o‘z otalig‘iga olib, holidan doimiy xabar olib turishini ma’lum qildi va amaliy ishlar boshlab yuborildi, deyiladi xabarda.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Marhumlarning motam tadbirlari va dafn marosimlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 30 million so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi, ularning ma’rakalarini o‘tkazish uchun mas’ullar biriktirildi.

Shuningdek, viloyat hokimi tomonidan marosimga yig‘ilganlardan xonadonlarda gaz va elektr isitkich moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarurligi, aks holda oqibati ayanchli yakun topishi mumkinligi haqida qayta-qayta ta’kidlandi, deyiladi xabar so’ngida.