Foto: Reuters

GM’ning ma’lum qilishicha, kompaniya investitsiyalar kutilgan daromadni keltirmayotgani sabab o‘z strategiyasi doirasida Avstraliya, Yangi Zelandiya va Tailand bozoridan chiqib ketadi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchi 2021-yilda Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi Holden brendini yopadi, joriy yil oxiriga qadar esa Tailanddagi Rayong zavodida savdolar bo‘yicha bitimlarni to‘xtatishni rejalashtirmoqda.

GM’ning bosh direktori Meri Barraning aytishicha, kompaniya ko‘proq daromad keltiradigan joylarga e’tiborni kuchaytirish niyatida.

Ta’kidlanishicha, GM aktivlarni topshirish va rivojlanayotgan bozorlarda xarajatlarni kamaytirish uchun kuchli yetkazib berish tarmog‘ini yaratish orqali O‘zbekiston kabi bozorlarda sheriklik aloqalarini optimallashtirishda davom etadi.