Foto: Rg.ru

Xabaringiz bor bundan avvalroq “Manchester Siti” moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgani uchun APL kubni tekshirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Agar noqonuniy harakatlar tasdiqlansa, “Siti” kamida 2014 yilgi premer-liga chempionligidan mahrum bo‘ladi. Aytish kerakki, o‘sha yili “shaharliklar” “Liverpul”dan 2 ochko ko‘p jamg‘argan holda chempionlikni ilib ketishgan edi. Biroq, ushbu chempionlik bekor qilinsa, ushbu maqom o‘sha mavsum 2-o‘rinni egallagan mersisaydliklarga nasib etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, APL 2012-2016 yillar oralig‘idagi moliyaviy hisobotlarni tekshirmoqda. Shu bois “Manchester Siti”dan 2012 yilgi chempionlik ham tortib olinishi mumkin.