Foto: RIA novosti

«Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasiga 31 provinsiyadan (markazga bo‘ysunuvchi shahar va tumanlar) 70 844 ta kishi koronavirusni yuqtirganligi, jumladan, ayni vaqtda 57 934 nafari kasallikdan qiynalayotgani (10 644 nafari og‘ir ahvolda), 10 844 kishi shifoxonadan chiqarilgani va 1 770 nafari hayotdan ko‘z yumganligi haqida ma’lumot kelib tushgan»,  deyiladi qo‘mita xabarida.

O‘tgan bir kecha-kunduzda mamlakat bo‘ylab jami 2 048 ta yuqtirish, 105 ta o‘lim (Xubeyda 100 ta, Xenanida 3 ta va Guandunda 2 ta), 1 563 ta sog‘ayish holati qayd etildi.

Ayni vaqtda yana 7 264 kishi koronavirusni yuqtirish gumoni bilan ro‘yxatga olingan, bemorlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan 150 539 kishi tibbiy nazorat ostida.

Epidemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xubeyda o‘tgan bir kecha-kunduzda 1 933 ta (ulardan 1 690 nafari Uxanda) yangi yuqtirish holati qayd etilgan, 1 016 kishi shifoxonadan chiqarilgan (543 – Uxanda). Epidemiya boshlangandan beri provinsiyada 58 182 kishi kasallikni yuqtirgan.

Gonkongda 57 kishi (ulardan bir nafari hayotdan ko‘z yumdi, ikkitasi sog‘ayib ketdi), Makaoda o‘n kishi (ulardan besh nafari shifoxonadan chiqarilgan), Tayvanda 20 kishi (ulardan bir nafari hayotdan ko‘z yumdi, ikki kishi sog‘ayib ketdi) kasallikni yuqtirgan.