Foto: RIA novosti

“37 yoshli Xitoy fuqarosida “COVID-19″ deb nomlanuvchi koronavirus infeksiyasining yangi holati aniqlandi. Uning ahvoli barqaror, u Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti standartlariga muvofiq muntazam ravishda kuzatib borilmoqda”, – deyiladi vazirlik tvitterida.

WAM agentligining ta’kidlashicha, bu mamlakatda to’qqizinchi infeksiya, uch bemor davolandi, qolganlari davolanishni davom ettirmoqda va shifokorlar nazorati ostida.

Dushanba kuni BAA Sog’liqni saqlash vazirligi BAAdagi hind diasporasi o’rtasida koronavirus infeksiyasining birinchi holati haqida xabar bergan edi.