Karantin davrida aholini mamlakatimiz tarixi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi bo‘ylab onlayn sayohat qilish imkoniyati yaratildi.

Foto: Skrinshot

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi 1876-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi eng yirik ilmiy-ma’rifiy muassasadir. Muzey ko‘p qirrali markaz sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, moddiy, ma’naviy va madaniy yodgorliklarni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

Muzey 1943-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibiga kiritilgan.

Quyidagi havola orqali muzey bo‘ylab onlayn sayohat qilish mumkin.