Foto: Bobrov 24

Rossiyaning barcha tovarlar uchun bir narx belgilangan doʻkonlar tarmogʻi 2016 yil oʻrtasida xalqaro bozorga chiqqan.

Bundan Intellektual mulk agentligining “Intellektual Mulk” tizimi maʼlumotlari darak bermoqda.

Kompaniya xodimlarni saralab olishni oʻtgan yilning yozida boshlagan edi. Taʼkidlash joizki, xodimlari izlash ishlari Toshkentda olib borilmoqda, demak, katta ehtimol bilan birinchi doʻkon aynan poytaxtda ochiladi.

Fix Price – universal chakana doʻkoni. U oʻz xususiyatiga ega: barcha tovarlar ularning turlaridan qatʼiy nazar belgilangan bir narxda sotiladi. Masalan, Rossiyada 55 rubldan.