Foto: Sputnik

Loyihaga koʻra, yangi IESda umumiy quvvati 1250-1500 MVtga teng boʻladi. H/J toifasiga mansub ikkita bugʻ-gaz qurilmasi oʻrnatiladi. Bu shuni anglatadiki, yangi qurilmalar tabiiy gazning shartli miqdori hisobidan ikki barobar koʻp elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

Energetika vazirligi xabariga koʻra, kompaniya tuproqni oʻrganish ishlari boshlangan. Yangi issiqlik elektr stantsiyasi Sirdaryo IES yaqinida barpo etiladi va zamonaviy bugʻ-gaz qurilmalari bilan (BGQ) jihozlanishi tufayli uning samaradorligi amaldagidan 1,7 barobar yuqori boʻladi.

Loyihaga koʻra, yangi IESda umumiy quvvati 1250-1500 MVtga teng boʻladi. Sirdaryo IES energobloklaridan deyarli ikki barobar samarali boʻlgan H/J toifasiga mansub ikkita bugʻ-gaz qurilmasi oʻrnatiladi. Bu shuni anglatadiki, yangi qurilmalar tabiiy gazning shartli miqdori hisobidan ikki barobar koʻp elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

Sarmoyador samaradorligi 60 foizdan yuqori boʻgan, yiliga 10,0 milliard kVt/s elektr energiya ishlab chiqarish imkoniga ega boʻlgan qurilmalarning eng oxirgi modellaridan foydalanadi.

Yangi IES qurilishi toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy investitsiyalar hisobidan toʻliq amalga oshiriladi va ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uzoq muddatli shartnoma asosida sotiladi.