Olga Zabelinskaya Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Bu haqida Sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoda.

Foto: Google

Bugungi murakkab sharoitda oʻzbekistonlik sportchilar, ayniqsa Olimpiya sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoasi aʼzolari hukumat tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishda davom etmoqda.

Karantin davrida sport musobaqalari va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari vaqtincha toʻxtatilgan boʻlsa-da, sportchilar uy sharoitida mashgʻulotlarni davom ettirishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilib berilmoqda.

Velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Osiyo chempioni, Tokio olimpiadasi yoʻllanmasi sohibi Olga Zabelinskaya bunday qoʻllab-quvvatlash uchun barcha olimpiyachi sportchilar, jumladan velosport terma jamoasi aʼzolari nomidan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, bunday eʼtibor va gʻamxoʻrliklarga oʻz gʻalabalari bilan javob qaytarishlarini bildirdi.