Foto: RIA novosti

Hodisa yakshanba kuni ertalabki soat 11 larda yuz bergan. Yo’ldan o’tganlar yordam uchun patrul xodimlariga murojaat qilishdi. Ularning xabar berishicha, erkak Novo-Konyushennyy ko’prigidan tushib ketib, Griboedov kanalidagi muzga qulagan.

“Yigirma to’qqiz yoshli politsiya leytenanti Dmitriy Zaytsev yordam so’raganga darhol javob berdi, kiyimini yechib, Griboedov kanalining muziga tushdi va jabrlanuvchini muz yuzasiga tortdi. Markaziy tuman patrul va post polkining yana ikki xodimi narvonni berishdi va yigitni qirg’oqqa sudrab olib chiqishdi”. – deyiladi xabarda.

Shifokorlar 23 yoshli jabrlanuvchi va politsiyachiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatdilar. Jabrlanuvchi tibbiy muassasaga yotqizilgan. Hozirda uning hayoti va sog’lig’i xavf ostida emas.