Foto: Xabar

Markaz matbuot xizmatining xabar berishicha, 16-fevral soat 15:00 ga qadar 2020.strategy.uz saytiga jami 1197 ta taklif va munosabatlar kelib tushgan.


1 yoʻnalishga – 462 ta,
2 yoʻnalishga – 214 ta,
3 yoʻnalishga – 250 ta,
4 yoʻnalishga – 244 ta,
5 yoʻnalishga – 26 ta munosabat bildirilgan.

Hali-hanuz 49 – Propiska tizimini isloh qilish bandi eng koʻp muhokamalarga sabab boʻlmoqda, unda 83 ta munosabat qoldirilgan.

Shuningdek, regulation.gov.uz portaliga 248 ta taklif va munosabatlar kelib tushgan, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o’rnida, jamoatchilik muhokamasi joriy yil 20-fevraliga qadar davom etadi.