Foto: RIA novosti

O’zlarining alomatlarini yashirishdan tashqari, ular bemorning ahvoli to’g’risida ma’lumotni buzganlik va kasallik tarixini yashirganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin, deb yozadi nashr.

Avvalroq, koronavirusning yangi turining markaziga aylangan Xitoyning Uxan shahri ma’muriyati barcha turar-joy majmualari hududlariga qattiq karantin joriy etgan edi. Shahar aholisiga o’z hududlarini tark etish cheklab qo’yilgan.

So’ngi ma’lumotlarga ko’ra, koronavirusning yangi turini “COVID-19” dunyo bo’ylab 69 ming kishi yuqtirgan, 1669 nafar kishi vafot etgan, 9419 kishi davolangan va kasalxonadan chiqarilgani aytilmoqda.