Foto: Football 24

“Barselona” hujumchisi Antuan Grizmann Kataloniya klubini mavsum oxirida tark etishi haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi. Xususan, fransiyalik hujumchi hujumchi Lautaro Martines evaziga “Inter” ga o’tishi bilan bog’liq edi.

Xetafe bilan uchrashuvdan so’ng El Chiringuito muxbirlari Grizmanndan uning kelajagi haqida so’rashdi. Antuan “Barselona”da baxtli ekanligini va hech qayerga bormoqchi emasligini aytdi.