Foto: Sof.uz

Manbaning aytishicha, hozirda Kamaz-4308 avtonom (haydovchi ishtirokisiz mustaqil harakatlanadigan) yuk tashuvchisi avtomobil yo‘llari bo‘yicha Rossiya davlat ilmiy markazida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Rossiya hukumatining 2018 yil noyabr oyidagi qaroriga muvofiq, avtonom rejimda harakatlanadigan avtomobillar Moskva hamda Tatariston yo‘llarida harakatlanishi mumkin.

Agar sinovlar muvaffaqiyatli yakunlanadigan bo‘lsa, kompaniya yaqin kelajakda katta hajmda avtonom yuk tashuvchilarni ishlab chiqaradi va mintaqaviy bozorlarga yetkazib beradi.