Foto: Football 24

“Real” yozda “Inter” himoyachisi Milan Shkrinyarni sotib olishga urinib ko’radi. Futbolchi uchun to’liq tovon pulini to’lamashmoqchi emas, shuning uchun ular shartnomaga yarim himoyachi Luka Modrichni qo’shib olish niyatida. Bu haqida Italiya matbuoti xabar bermoqda.

Shkrinyarni “Inter” 50-60 million yevroga baholamoqda. “Real” xorvatiyalik yarim himoyachi Shkrinyarning narxini sezilarli darajada pasaytirishiga ishonmoqda.