Foto: Daryo

Ta’kidlanishicha, yozishmalardagi umumiy media va suhbatdoshning profilidagi suratni ko‘rish imkoniyati o‘zgardi (video avtomatik yoqilmagan bo‘lsa, uning ustiga bosish kerak).

Bundan tashqari, telefon ekraniga teginish orqali chat va profillardagi multimediani “varaqlash” mumkin — endilikda ekranda “varaqlash” natijasida dog‘ qolmaydi. Ushbu yangi funksiyalarni “Yaqindagi odamlar” bo‘limining yangilangan versiyasida sinab ko‘rgan qulay.

O‘tgan yilning iyunida dasturchilar yaqin atrofdagi odamlar bilan kontakt ma’lumotlarini almashish uchun messenjerga “Yaqindagi odamlar” funksiyasini qo‘shgan edi. Telegram’ning ta’kidlashicha, yangilanish foydalanuvchiga yangi do‘stlarni yoki juftini topishga yordam beradi.

Foydalanuvchi hududidagi odamlarni ko‘rish uchun “Kontaktlar” bo‘limidagi “Yaqin atrofdagi odamlarni qidirish” tugmasini bosish kerak. “Meni ko‘rsatish” funksiyasini o‘chirib qo‘yish ham mumkin, deyiladi xabarda.