Foto: Kun.uz

2020 yil 1 iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi va amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Bunda:

•    oliy ta’lim standartlarini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish;

•    ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlarni qayta ko‘rib chiqish;

•    mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar sonini 2 barobar qisqartirish;

•    kredit-modul tizimini joriy qilish tartibini ishlab chiqish;

•    talabalar bilimini baholashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;

•    fan dasturlari va o‘quv rejalarini takomillashtirish;

•    professor-o‘qituvchilar faoliyatini yangi tizimga muvofiqlashtirish;

•    o‘zini-o‘zi moliyalashga o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida ularning huquqiy maqomi va byudjet tashkilotidan farqini aniq belgilash, shu jumladan, ularga oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini mustaqil sarflash va o‘z balansidagi mol-mulkni mustaqil tasarruf qilish, xususan, mol-mulkini ijaraga berish va kelgan tushumlarni to‘lig‘icha o‘zida qoldirish tartibini joriy qilish;

•    byudjet tashkilotlariga nisbatan belgilangan cheklovlar o‘zini-o‘zi moliyalashga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmasligini belgilash;

•    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi munosabatlar chegarasini aniq ko‘rsatish;

•    vazirlik sohada regulyator sifatida barcha oliy ta’lim muassasalari uchun bir xil siyosat yuritishi, umumiy talablarni qo‘ygan holda ularning ta’lim mazmuni va usuli borasidagi faoliyatiga aralashmasligi nazarda tutiladi.

Mas’ullar – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar.