Foto: Panorama.pub

Turkmaniston rahbarining ta’kidlashicha, kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bolalar va o‘spirinlarni kompyuter, planshet va mobil telefonlarga ko‘proq vaqt sarflashiga olib kelmoqda. 

“Bu illat odamni kam harakat qilishiga va jismoniy faoliyatsiz holatda bo‘lishiga olib keladi. Shunga o‘xshash turmush tarzi odamning ko‘rish qobiliyatiga ta’sir qiladi, u semirib ketadi va boshqa sog‘liq muammolari paydo bo‘ladi. Ushbu masalani hal qilish davlat va butun jamiyatning dolzarb vazifasidir”, deb ta’kidladi aslida kasbi shifokor bo‘lgan Berdimuhamedov.