Foto: Reuters

Aytilishicha, kema bortidagi qozog‘istonliklarning ahvoli qoniqarli. Laboratoriya tekshiruvlarining ustida ish olib borilmoqda, karantin 19-fevral kuni yakunlanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy hisobda kemada bo‘lgan 218 kishida koronavirus aniqlangan.

Kema bortidagi kishilarga qo‘lqoplar, niqoblar va termometrlar tarqatilgan va ulardan bir-biri bilan aloqa qilmaslik so‘ralgan. Kemadagi yo‘lovchilar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tekshiruvdan o‘tkazilgan. Diamond Princess bortida 3700 dan ortiq kishi bor. Kruizni tashkil qilgan AQShning Carnival kompaniyasi yo‘lovchilarga sayohat uchun to‘lagan pullarini qaytarib berishni va’da qilgan va boshqa bir sayohatga bepul borishni taklif qilgan. Kompaniya o‘z xodimlariga karantin tugaganidan so‘ng ikki oylik haq to‘lanadigan ta’tilni ham va’da qilgan.