Foto: Consulate.mfa.uz

Endilikda xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar interaktiv konsullik xizmatlari orqali doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyxatidan oʻtishlari mumkin

Taʼkidlanishicha, endilikda xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar interaktiv konsullik xizmatlari orqali doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyxatidan oʻtishlari mumkin. Fuqarolar “www.consulate.mfa.uz” veb-portali orqali konsullik roʻyxatidan oʻtadilar.

Bunda, konsullik roʻyxatidan oʻtish uchun kerak boʻlgan hujjatlarning “PDF” formatda skaner qilingan nusxalari “www.consulate.mfa.uz” veb-portali orqali joylashtiriladi.

Hujjatlar taqdim etilgan vaqtning oʻzida konsullik xodimi portal orqali roʻyxatga olingan shaxslarning elektron pochta manziliga konsullik roʻyxatiga olinganliklari toʻgʻrisidagi tegishli xabarnomani joʻnatadi.

Buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, deyiladi xabarda.