Foto: Youtube

Unda Boburning “Boburnoma” asari hamda uning qizi Gulbadan begimning – “Humoyunnoma”sidan parchalar jonlantiradi. Liboslar ham aynan oʻsha davr ruhini berish uchun tanlangan.

Ayni loyiha rahbari BBC News Oʻzbek muharriri Dilorom Ibrohimova: “Boburiy malikalar izidan” hujjatli filmida biz tarix sahifalaridan oʻchib ketgan ayollarni qayta tiklashga harakat qildik. 500 yil avval ular obroʻli va taniqli liderlar oʻlaroq qudratli sulolaning markazida turishgan, biz ularning tarixini hikoya qilar ekanmiz, oʻz zamonasida bu kuchli ayollar erkaklar tomonidan qanchalar hurmat va eʼzozga loyiq boʻlishganidan hayratga tushdik. Bu qudratli ayollarning tarixini bugungi yosh avlodga yetkazib bermoqchi boʻldik. Biz tariximizdagi shijoatli ayollar merosini bugun Markaziy Osiyodagi xotin-qizlarning intilishlari, orzu va umidlari bilan bogʻlashga harakat qildik”, deydi.

Film kelasi uch hafta davomida BBC News Oʻzbek vebsahifasi va YouTube kanalida namoyish etiladi. Shuningdek, Sevimli TV ham bu uch qismdan iborat hujjatli-dramatik filmni kelayotgan haftalar namoyish etishi kutilmoqda.