Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning 300 nafar fuqarosi, jumladan 70 nafar fransiyalik O‘zbekistonda 14 kunlik karantinda bo‘lganidan so‘ng, vataniga qaytdi.

Foto: Sof UZ

O‘zbekistonga kelgan sayyohlar orasida Fransiyaning Niagara rok guruhi tomonidan kuylagan 80 yillarning xit taronasi — «Je dois m’en aller» (Men borishim kerak)ning yangi versiyasini kuylagan va klip suratga olgan bir guruh san’atkorlar ham bor edi.

“Birgalikdagi sa’y-harakatlar va birdamlik eng qiyin vaziyatlarda ham samarali yechimlarni topishga imkon beradi”, deydi guruh vakili.