Foto: Zarnews.uz

Qarorga muvofiq, OTMlarda quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi:

  • Alisher Yusubjanovich Umarov Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shavkat Safarovich Sharipov ushbu lavozimdan ozod qilindi.
  • Shavkat Safarovich Sharipov Jizzax davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Abdug‘ani Jumanazarovich Xolbekov ushbu lavozimdan ozod qilindi.
  • Bahodir Boyiulotovich Sobirov Navoiy davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Baxtiyor Xudayberdievich Daniyarov ushbu lavozimdan ozod qilindi.
  • Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unov Namangan davlat universitetining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Muzaffar Xoshimovich Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.
  • Botir Shukurillaevich Usmonov Toshkent kimyo-texnologiya institutining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shuhrat Ahmadjanovich Mutalov ushbu lavozimdan ozod qilindi.
  • Azamat Muhitdinovich Shamsiev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.
  • Jasur Alimdjanovich Rizayev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent davlat stomatologiya institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.
  • Orifjan Shadievich Bazarov Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nazirila Nasimxanovich Mahmudov ushbu lavozimdan ozod qilindi.