Foto: O’zA

O‘zbekistonga xorijlik investorlarni yanada keng jalb etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelayotgan investitsiya hajmini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Toshkent viloyati Nurafshon shahar hokimi Qahramon Hakimov ham ishtirok etdi.

Shahar hokimligi axborot xizmatidan ma’lum qilinishicha, amaliy tashrif chog‘ida Nurafshon shahrida mamlakatimizdagi ilk aqlli shahar – “Smart Sity” qurilishi bo‘yicha ham muayyan kelishuvga erishilgan.

Jumladan, tashrif doirasida Xitoyning “Xinjiang Hualing Industry & Trade Group Co. Ltd.” kompaniyasi vakillari bilan ikki tomonlama qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda kelgusi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.

Uchrashuvda mazkur kompaniya tomonidan 600 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritilib, Bektemir tumani va Nurafshon shahrida ko‘p qavatli uylar, mehmonxona va maktablar qurish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.