Foto: Sputnik

Kasallik avj olganidan beri olti shifokor vafot etgan va yana 1716 nafari koronavirus yuqtirgan. Xususan, hukumatni virus haqida erta ogohlantirishga uringan Doktor Li Venliang ham bir hafta oldin hayotdan ko‘p yumgan edi. Uning vafoti jamoatchilik g‘azabi va qayg‘usini keltirib chiqardi.

Bugunga qadar 1300 dan ortiq odam virusdan vafot etgani aytilayotgan edi. So‘nggi raqamlarga ko‘ra Xitoyda 122 ta yangi o‘lim qayd etilgan, bu esa umumiy hisobni 1,381 kishiga qadar yetkazadi.

Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, infeksiya yuqtirganlarning umumiy soni 63 922 nafarga yetdi, deyiladi xabarda.