Foto: Xalq so’zi

Bir qarashda qonli tusdagi suvni koʻrgan odamda “bu yerda qotillik boʻlgan”, degan fikr uygʻonishi mumkin. Ayrimlar esa hayvonlarga nisbatan vahshiylik qilinganlikka gumon qilsa, boshqa birov dengizga turli chiqindilarni tashlash oqibatidagi turli kimyoviy moddalarni sabab qilib keltiradi. Aslida esa qanday?

Aslida moviy rang suvning qizil tusga kirishiga asosiy sabab umuman boshqa. Turli xorijiy saytlarning xabar berishicha, jarayon diatom suv oʻtlari bilan bogʻliq hodisa hisoblanadi. Maʼlumotlarga koʻra, diatom suv oʻtlari rangi och qizildan toʻq qizilgacha oʻzgarib turadi. Ularning 3800 dan ziyod turlari bor. Kaspiyda ularning polisifoniya, melobeziya, laurensiya kabi 25 turi uchraydi. Ammo diatom suv oʻtlarining suvosti hayotiga aslo zarari yoʻq, shuningdek, insonlarga ham. Baliqlarga ham hech qanday xavf tugʻdirmaydi. Maʼlumotlarga koʻra, suv oʻtlarining dengiz qirgʻoqlaridan kenglik masofasi besh metrni, uzunligi esa taxminan ikki kilometrni tashkil etadi.

Bu har yili takrorlanadigan hodisa. — deydi Mangʻistau viloyat ekologiya departamenti laboratoriya tahlillari nazorat boʻlimi boshligʻi Raushan Toʻlepova. — Kaspiyda suv oʻtlari qizil rangda boʻladi va ular bir joyda gala boʻlib oʻsadi. Vahima qilishga mutlaqo hojat yoʻq.