Foto: Wikipedia

Qayd etilishicha, 2020 yilning yanvar oyida Qozog‘istonning avtomobil bozorida sotuvlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda Ravon brendi ostida avtomobillar savdosi 2019 yilning martidan qayta tiklandi. O‘tgan yil davomida Qozog‘istonda 3536 ta Ravon Nexia R3 avtomobili sotilgan. Shu bilan birga, 2019 yil sentyabr-oktyabr oylarida Nexia mamlakatdagi eng ko‘p sotilgan uchta mashinadan biri edi va yangi yilda u sotuv peshqadamiga aylandi.