Foto: Reuters

Mamlakat bo‘ylab jami vafot etganlar soni 1380 kishiga yetganligi aytilmoqda.

Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, 13-fevral holati bo‘yicha kasallikni yuqtirib olganlar soni bir sutkada 5090 kishiga ortib, 63 851 ga yetgan. Shuningdek, 6723 kishi sog‘ayib, uyiga javob berilgan, 10 204 kishining ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Kasallar bilan aloqada bo‘lgan yana 177 ming kishi shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

Gonkongda koronavirusga chalinganlar soni 53 nafar (bir kishi vafot etgan), Tayvanda — 18 nafar, Makaoda — 10 nafarga yetgan.

SCMP’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab yangi turdagi koronavirusga chalinganlar soni 64 434 kishini tashkil etmoqda. Ularning 248 nafari Yaponiyada, Singapurda — 58, Tailandda — 33, Janubiy Koreyada — 28 nafar. Xitoydan tashqarida jami 505 kishida koronavirus aniqlangan.