Foto: Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi

O’zini-o’zi band qilgan fuqarolar – xizmatlar ko’rsatishni, ishlar bajarishni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatga olinmagan va yollanma mehnatdan foydalanmaydigan, mehnat staji hisobga olinishi va rag’batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini rasmiylashtirgan shaxslardir.

Vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilgan sanadan boshlab va ular amal qilishining butun davri pensiyani hisoblab chiqarish uchun fuqarolarning mehnat stajiga hisoblanadi.