Qozog‘istonning Kokshetau shahrida kuchli shamol natijasida ko‘pqavatli uylarning tomi uchib ketdi.

Foto: Zakon KZ

Qayd etilishicha, shaharda shamolning tezligi soniyasiga 28 metrni tashkil qilgan.

«Shamoldan 700 kvadrad metr maydondagi tom uchib tushgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Hodisa joyida tozalash ishlari olib bormoqda», deb xabar bergan mamlakat IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rahbari.