Foto: Google.com

Xalqaro valyuta jamg’armasi vakili Rays Xitoyning yangi virus tarqalishini to’xtatish va uning iqtisodiy ta’sirini kamaytirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va agar kerak bo’lsa yordam berishga tayyorligini bildirdi. “Ishonchim komilki, Xitoy iqtisodiyoti o’rta muddatli istiqbolda barqaror bo’lib qoladi”, dedi u.

U, shu oyning oxirida Saudiya Arabistonida bo’lib o’tadigan G20 moliya vazirlari va Markaziy banki boshqaruvchilarining uchrashuvidan oldin yangi virusning ta’siri haqida ko’proq ma’lumot berilishidan umid qilmoqda.