Foto: Sports

Madridning “Real” klubi vingeri Garet Beyl mashg‘ulotlar paytida engil jarohat olgan. Bu haqida AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra uelslik futbolchi bugungi mashg‘ulotlarga qo‘li bog‘langan holda kelgan. Biroq, bu uning bo‘lajak o‘yinlarda maydonga tushishiga ta’sir o‘tkazmaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” o‘zining kelgusi o‘yinini 16 fevral kuni “Selta”ga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Beyl bu mavsum 13 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.