“O‘zbekneftgaz” AJning Muborak neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Janubiy Kemachi” konidagi bir qancha quduqlarda kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

gaz quduq uzbekneft
Foto: Google

Jumladan, 145-sonli quduqda ham kapital ta’mirlash ishlari olib borildi.

“O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ mutaxassislari tomonidan olib borilgan kapital ta’mirlashdan so‘ng, quduq ishga tushirildi.

Ushbu quduqda 2217-2221m, 2226-2230m intervallar oralig‘ida perforatsiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1,2 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: “Janubiy Kemachi” gazokondensat koni Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan bo‘lib, 1978 yilda ishga tushirilgan.