Foto: 112.uz

Yevropa Ittifoqida Facebook Dating-ning ishga tushirilmasligi Irlandiya Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo’yicha komissiyasining (DPC) bayonotidan ma’lum bo’ldi. Bundan kelib chiqadiki, Facebook Irlandiya regulyatorini Yevropa qonunchiligiga binoan foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlash va ishlov berish to’g’risidagi hujjatlarni uzatmay turib, faqat 3-fevral kuni ogohlantirgan. Natijada, DPC xodimlari korporatsiyaning Dublin shahridagi idorasiga kelib, barcha kerakli hujjatlarni tortib olishga majbur bo’lishdi – bu 10 fevral kuni sodir bo’ldi. Ertasi kuni kompaniya regulyatorga ushbu xizmatning ishga tushirilishini keyinga qoldirganligi to’g’risida xabar berdi.

Facebook Dating 2018 yil may oyida e’lon qilindi va hozirda AQShda, Lotin Amerikasi va Osiyoning ko’plab mamlakatlarida ishlaydi.